Tozalovchi taʼsirdagi koʻpchilik zamonaviy mahsulotlardan farqli oʻlaroq, «Soflik chashmalari» oʻzaro toʻldirib turuvchi uchta formulalardan tashkil topgan, ular organizmni ichki muhitini tozalashning quyidagi uchta bosh mexanizmlarni ishini taʼminlaydi:
Yuqori samaradorligi va qulay shakli tufayli ushbu mahsulotni yirik va sanoat shaharlarida istiqomat qilayotgan barcha shaxslarga doimiy qoʻllash uchun tavsiya qilish mumkin. «Soflik chashmalari» ayniqsa quyidagi holatlarda zarurdir:
1. Ekologik nomaqbul tumanlarda doimiy istiqomat qilish.
2. Zararli ishlab chiqarish sharoitlarida mehnat qilish.
3. Organizm intoksikatsiyasi oqibatida rivojlanuvchi yoki oʻzlari shlaklarni hosil boʻlishiga olib keluvchi quyidagi surunkali kasalliklar:
Formula 1. Hujayralararo muhitni tozalash.
«Soflik chashmalari» ning birinchi formulasi - bu hujayralar orasidagi fazoni tozalovchi majmuaviy dorivor giyohlardir.
«Soflik chashmalari» birinchi formulasining senna ekstrakti, qariqiz ildizlari va qizilpoycha oʻti kabi shunday komponentlari ichakning harakat faolligini oshiradi, hamda ichak mikroflrasining meʼyorlashuviga yordam beradi, bu toksinlarning tezkor chiqarib yuborilishiga va ichak shlaklarining hosil boʻlishini pasayishiga olib keladi. Qirqboʻgʻin va boʻznoch oʻti, hamda brusnika va qora qoragʻat barglari siydik ajratib chiqarish tizimining tozalovchi funksiyalarini ragʻbatlantiradi. Sossyureya ekstrakti, oʻlmasoʻt va dastarbosh gullari, volodushka, boʻznoch va qizilpoycha oʻti safroni haydashga yordam beradi. Brusnika va qora qoragʻat barglari, kopeyechnik va koʻkoʻt ildizlari, beda va gulsapsar oʻtlari qon oquvchi va limfatik tizimlarning tozalovich funksiyalarini tartibga soladi. Bronxlarning tozalovchi faolligini qizilmiya ildizlari va qizilpoycha oʻti ragʻbatlantiradi. Exinatseya, kopeyechnik ildizlari, gulsapsar va qizilpoycha oʻtlari immun tizimning ishini ragʻbatlantiradi.
Formula 2. Hujayra ichini tozalash.
«Soflik chashmalari»ning ikkinchi formulasi - bu hujayra ichi fazoni tozalovchi giyohli komponentlar majmuasi.
«Soflik chashmalari»ning ikkinchi formulasining sinchkovlik bilan tanlangan giyohli komponentlari hujayralar ichiga tushib qoluvchi zararli moddalarni neytralizatsiya qiluvchi oʻziga xos hujayra ichi fermentlarining ishini ragʻbatlantiradi. Xochgulli sabzavotlar ekstraktlari, dala sariqboshi ekstrakti, rastoropsha mevalari va Kuril choyining ekstrakti kabi ingrediyentlarning biri xavfli toksinlarning tezkor xavfsizlantirilishiga yordam beradi. Momaqaymoq ildizlari, petrushka barglari, oqqaragʻay ignabarglari va koʻk choy barglari kabi boshqa giyohli komponentlar hujayralardan ushbu shlaklarni chiqarib yuborilishini ragʻbatlantiradi.
Formula 3. Antioksidant himoya.
Soflik chashmalari ning uchinchi formulasi - bu oʻsimlik, hayvon va mineral kelib chiquvchi antioksidantlarning murakkab majmuasidir.
Antioksidantlar - bu vitaminlar, mikroelementlar va vitaminsimon moddalardir, ular organizm hujayralarini erkin radikallar va boshqa xavfli kimyoviy moddalarning yemiruvchi taʼsiridan himoyalaydi. "Soflik chashmasi"ning uchinchi formulasi antioksidantlarning barcha himoya xususiyatlarini qoʻllaydi va hujayralarning uch tomonlama himoyasini taʼminlaydi.
Birinchidan, bu hujayralarning tashqi himoyasidir. C vitamini, giyohli bioflavonoidlar, chernika, xoʻjagʻat va shaftoli barglari, chabrets oʻti va naʼmatak mevalarining faol moddalari, hamda uzum danaklarining noyob ekstrakti kabi shunday antioksidantlar har bir hujayra atrofida «buzilmaydigan» toʻsiqni hosil qiladi. Hujayra yonida xavfli molekulalar paydo boʻlishi bilanoq, ushbu antioksidantlar darhol ularni oʻrab oladi va neytralizatsiya qiladi.
Ikkinchidan, bu hujayralarning ichki himoyasidir. Rux, selen, mis va marganets kabi antioksidant elementlar hujayralar ichiga kirib boradi va himoyalovchi hujayra ichi fermentlarning ishini ragʻbatlantiradi. Ushbu fermentlar, «qopqon» sifatida, hujayralar ichida hosil boʻladigan erkin kislorodni neytralizatsiya qiladi.
Uchinchidan, bu hujayra devorlarini mustahkamlashdir. A va E vitaminlar, hamda tirnoqgul yaproqlarining noyob giyohli antioksidantlari hujayra qobigʻining ichiga kirib boradi va u yerda oksidlashning yemiruvchi jarayonlarini blokada qiladi, ular hujayralarning devorlarida xavfli "teshilishlarni" hosil boʻlishiga olib kelishi mumkin.
«Soflik chashmalari»ni qoʻllashning natijalari
«Soflik chashmalari» yordamida hujayralarning majmuaviy tozalanishini toʻgʻri va muntazam qoʻllanilishida quyidagi sogʻlomlashtiruvchi samaralarni berishi mumkin:

