Katta oynali LCD-displey va sensorli tugmalarga ega elektron termoregulyator. Tashqi yoki ichki harorat datchigi yordamida elektr «issiq pol» tizimi bilan jihozlangan xonalarda foydalanuvchi tomonidan belgilangan haroratni qo‘lda yoki avtomatik dasturlash rejimida saqlash uchun mo‘ljallangan.
Termoregulyator oddiy va qulay dasturlash menyusiga ega. Displeyda barcha kerakli parametrlar, shuningdek, joriy va belgilangan harorat 0,5 °C aniqlikda aks ettiriladi.
Diametri 65 mm bo‘lgan standart yashirin montaj qutisiga (podrozetnik) o‘rnatiladi. Tez va qulay montaj qilish uchun maxsus metall o‘rnatish plastinasi bilan jihozlangan. Termoregulyatorni podrozetnikka mahkamlangan plastinaga o‘rnatishdan oldin old paneldagi displeyni ajratib olish kerak.
Kafolat muddati: 3 yil.

