• Nomi: Bolalikni davola. Umumiy qoida va hayotiy saboqlar
• Muallif: Andrey Kurpatov
• Janri: Psixologiya, O‘zini rivojlantirish, Shaxsiy o‘sish
• Yosh chegarasi: 16+
• Muqova: Yumshoq
• Sahifalar soni:290
Andrey Kurpatovning “Bolalikni davola” asari o‘zini anglash va shaxsiy rivojlanishga intilganlar uchun muhim qo‘llanma hisoblanadi. Muallif hayotimizdagi ko‘plab muammolar — qo‘rquv, ishonchsizlik, o‘ziga past baho berish va munosabatlardagi qiyinchiliklar bolalikdagi ruhiy jarohatlardan kelib chiqishini tahlil qiladi. Kitobda psixologik mashqlar va amaliy maslahatlar orqali o‘quvchiga ichki to‘siqlarni yengib o‘tish va o‘z hayotini yangidan qurish yo‘llari ko‘rsatiladi. Ushbu asar hayotini ijobiy tomonga o‘zgartirishni istagan, ruhiy mustaqillik va ichki kuch topishga intilayotgan har bir inson uchun ilhom manbai bo‘la oladi

