Adolat tarozisi allaqachon buzilgan. Odamlar pulga, boylikka, amal va mansab kursilarining kuliga aylanishgan. Zolim va zo‘ravonlar, nafsga kul bo‘lganlar mansab kursilarini egallash va uni saqlab qolish istagida yurt boyliklarini, xalq mulkini, rizq-ro‘zlarini talash bilan ovora. Podsholar yurtda adolat bo‘lsin, deb turgan paytda bitta zolimning, bitta poraxo‘rning vujudga kelishi minglab zolimlarning, minglab poraxo‘rlarning tug‘ilishiga sabab bo‘ladi. Ular tug‘ilganda arsh larzaga kelarkan, tog‘larning toshlari kularkan, daryolarning suvlari qurirkan, sahrolar olov bo‘lib yonarkan

