"Afg‘on shamoli" turkum romanlari o‘tkir syujetlarga boy bo‘lib, voqealar silsilasi kitobxonni doimiy taranglikda ushlab turadi. Narkobiznes olami, narkokuryerlarning jirkanch xatti-harakatlari o‘quvchida ularga nisbatan nafrat hissini uyg‘otmasligi mumkin emas. Beshinchi kitobda voqealar asosan Istanbul, Samangan, Moskva, Bishkek va yurtimizda bo‘lib o‘tadi. Asarda jallodlarning ruhan tayyorgarligi, umrining so‘nggi kunlarida yurtga, xalqqa xiyonat qilganidan pushaymon bo‘lgan Chervon xonimning vahshiylarcha o‘ldirilishi, Ergash yigitlarining chegaraga yetib kelishi, Sharifning Ergash to‘dasidan qochishi haqida o‘qiysiz.
Romanning oltinchi kitobida Mehmed Chegechi va rus mafiyasi boshlig‘i Vadim Volfovichning o‘ldirilishi, "Adolat armiyasi" tomonidan amalga oshirilayotgan o‘ta adolatsizliklar, o‘zbek razvedkachisi Bo‘ron kamikadze tomonidan har kuni kechqurun bombardimon qilinishi kabi qiziqarli va fojiali voqealar tasvirlangan bo‘lib, ular bugun-erta dunyoning turli burchaklariga jo‘nashi kerak edi.

