"Ota, farishtalarga bolamning gunohi yo‘q edi, u ham jannati edi, deb ayting..."
Bu eʼtiboringizga havola etilayotgan "Afg‘on shamoli" roman-serialining aynan kulminatsion nuqtasi.
Vatanfurushlar tomonidan aldanib, odam qadri yer bilan yakson qilingan Suriya davlatiga olib kelingan o‘n olti yoshli Ilyosning taqdiri aynan shu nuqtada poyoniga yetadi.
...Qilmishlariga pushaymon bo‘lgan va keyingi hayotini Vatani taqdiri bilan bog‘langan G‘afurning qasos o‘tida yongan yuragi uni navbatdagi xatarga ro‘baro‘ qiladi. Xo‘sh, begona yurt qamog‘idan qutulish uning taqdiriga bitilganmi?
...Farzandi dardida yuragi kuyib ado bo‘lgan, temir tobutda jasadi keltirilsa-da, ammo uning tirik ekanligini ona qalbi bilan his qilgan ayol Vataniga qaytarilgan va katta jinoyatlarni sodir etishda ayblanayotgan o‘g‘li Qodir bilan yuzma-yuz kelganda nega uni kechirolmadi?
...Ko‘pchilik taqdirini o‘z hayotidan ustun quygan Bo‘ron Suriyada qanday mudhish voqealar bilan yuzma-yuz keldi?
Savollar ko‘p. Voqealar rivojini birgalikda kuzatamiz.

