Isoqjon Nishonovning eʼtiboringizga havola etila yotgan navbatdagi qissalari avvalgilari kabi his-hayajonga boy. O'quvchini ilk sahifalardanoq o‘ziga tortadigan qahramonlar qismati, vatanfurushlar taqdiridagi ayanchli holatlar, mol-dunyo ortidan hayotini xatarga qo‘ygan insonlar haqida o'qirkansiz, qalbingizning tub-tubida ularga achinish barobarida hamdardlik hissini ham tuyasiz.

