Qadrli o‘quvchilarimiz sog‘inib kutgan "Afg‘on shamoli" asarining o‘n birinchi va o‘n ikkinchi kitoblari ham avvalgilari kabi shiddatli voqealarga boy. O‘n birinchi kitobda G‘afurning Vatan va el manfaatini o'zining yigitlik burchi deb bilgani holda xatarli safarga otlangani kitobxonni hushyor torttiradi. minglab-millionlab insonlar taqdiri oltin, boylik vasvasasi sabab yo‘qlikka mahkum bo‘layotgan pallalarda G‘afur kabi jasur, nomusli va mard o‘g‘lonlar hayotini tahlikaga solib bo‘lsada, jangga otlanadilar.
O‘n ikkinchi kitobdagi voqealar shiddati bundanda keskin "Grad operatsiyasi" va bu operatsiyaning barbod bo‘lishi yuqorida taʼkidlaganimizdek, minglab insonlar taqdirini o‘z iznidan chiqib ketishdan asradi: vatan omon qoldi, odamlar omon qoldi, takdirlar omon qoldi.

