Mustaqillikning dastlabki yillarida xalqimiz olamshumul ishni boshlab yubordi. Buyuk Ipak yo‘li o‘tgan, ajdodlarimiz yurgan, bobomiz Bobur Mirzo bosib o‘tgan, Otabek Kumushni sog‘inib otda qatnagan Qamchiq dovoni yo'llarini kengaytirishga asos solindi. Bu mamlakatimiz tarixidagi buyuk ishlardan biri edi. Isoqjon Nishonovning qo‘lingizdagi “Dovon” romani mamlakatimiz obodligi, yo‘llarimiz ravonligi yo‘lida mehnat qilayotgan yo‘lsozlarning sharafli ishlari, o‘z oldilarida turgan qiyinchiliklarni mardonavor yengib o‘tishdagi jasoratlari haqida hikoya qilinadi. Bu roman zamonamiz qahramonlari timsolini o‘zida mujassamlashtirgan eng yaxshi asarlar qatoridan o‘rin oladi, degan umiddamiz.

