Aziz kitobxonlarimiz orziqib kutgan "Afg‘on shamoli" romanining o‘n birinchi va o‘n ikkinchi kitoblari ham avvalgilari kabi shiddatli voqealarga boy. O‘n birinchi kitobda Vatan va xalq manfaatini o‘zining erkaklik burchi deb bilgan G‘afurning xatarli safarga chiqishi kitobxonni sergak torttiradi. Oltin va mol-dunyo vasvasasi tufayli minglab, millionlab insonlar taqdiri yo‘qlikka mahkum bo‘layotgan bir davrda G‘afur kabi mard, olijanob, jasur yigitlar jonlarini garovga qo‘yib bo‘lsa-da, urushga otlanadilar.
O‘n ikkinchi kitobdagi voqealar shiddati yanada yuqori. Yuqorida ta’kidlaganimizdek, "Grad" operatsiyasi va uning muvaffaqiyatsizligi minglab odamlar taqdirini chidab bo‘lmas vaziyatdan qutqarib qoldi: Vatan omon qoldi, odamlar omon qoldi, taqdirlar omon qoldi.

