Devonda g‘azallardan tashqari, masnaviylar, muxammaslar, musaddaslar, musabbaʼlar, musammanlar, mutassaʼ, qasida, ruboiy va fardlar ham o‘rin olgan. Hadisi shariflardan birida: "Albatta, amallar niyatlarga ko‘radir", deyiladi. Demak, shunday Devonni tartibga keltirish Ismoil akaga nasib qilgan bo‘lsa, bu Allohning inoyati va qaysidir maʼnoda, u kishining pok niyat va sof tiynati samarasidir.
Turli mavzularni qamragan g‘azal va masnaviylar sizni befarq qoldirmaydi. Kitob keng o‘quvchilar ommasi uchun mo‘ljallangan.

