Ushbu Risola Islom dini haqidagi tushunchalar sodda va tushunarli tilda yozilgan bo’lib, o‘sib kelayotgan yosh avlodni komil inson bo‘lib tarbiyalanishlarida, diniy-ma'rifiy dunyoqarashlarini shakllantirishda dastlabki manba bo‘lib xizmat qiladi. Ushbu kitob bolalar uchun mo‘ljallangan va 4 kitobdan iborat. Risoladagi dastlabki mavzular e'tiqod va uning ma'nolari, unga tegishli asoslar haqida bo‘lganligi sabab, bu mavzularga ruhan tayyorlashlanish juda muhim. Shuning uchun Sizga bir necha maslahatlar bermoqchimiz. Zero, mavzularni o‘zlashtirish, ularni taqdim etish va mavzularni yakunlash bilan bog‘liq bo‘lgan bilimlarni bilish har bir kitobxon uchun foydadan xoli emas.

