Ushbu kitob ziroat bilan shug‘ullanadiganlar uchun qo‘llanma bo‘lib, Islomda ziroatga e’tibor, tijorati shu ish bilan bog‘liq bo‘lganlar bilishi kerak bo‘lgan masalalar, ushr masalasi, muzora’a — ziroatda sherikchilik qoidalari va boshqa kerakli ma’lumotlar berilgan.
Nabiy sollallohu alayhi vasallam: «Qaysi bir musulmon bir ko‘chat eksa yoki biror dehqonchilik qilsa, undan qushmi, insonmi, hayvonmi yesa, albatta, uning uchun bundan sadaqa hosil bo‘lur», deganlar. Ushbu kitob hadisda kelgan sadaqaning hosil bo‘lishida ko‘makchi bo‘ladi, degan umiddamiz.

