• INSB:9789943715912
Qo'lingizdagi ushbu uzoq kutilgan "Islom ummatining 100 nafar buyuk shaxsi" kitobi Allohning fazli bilan dunyo yuzini ko'rib turibdi. U islom dunyosida mashhur va ko'p o'qilgan (bestseller) kitoblardan hisoblanadi. Uning muallifi Jihod at-Turboniy falastinlik tarix tadqiqotchisi, shoir va adibdir. Kitobda islom tarixidagi 100 nafar buyuk shaxsning hayoti va faoliyati yoritilgan bo'lib, ular orasida Islom iqtisodiyotining yetuk mutaxassisi, Iroqning arsoni, Allohning shamshiri, Taqvodor xalifa, Jarrohlik asoschisi, Jannat ayollarining sayyidasi, Rasululloh havoriysi, Afsonaga aylangan Kavkaz o'g'loni, Buyuk dengiz sarkardasi, Buyuk Usmoniy siymo, Arslonni changalidan tutgan inson, Mo'minlar onasi, To'rt imom, Uch qahramon, Falastinni sotishdan bosh tortgan xalifa kabi nomlar tilga olingan. Kitob yorug' dunyoni ko'rishiga xizmati singgan ko'plab jonkuyar, ilm-sevar birodarlarimiz borligi uchun ularning barchalariga Allohdan behisob ajrlar so'ralgan. Kichik bir loyihaga befarq bo'lmaganlari uchun behad minnatdorchilik bildirilgan. Kitobdagi har bir buyuk shaxs, shubhasiz, sizning hayot yo'lingizga sarbon bo'la oladi.
Xususiyatlari

