"Islom tarixi" (1-2 kitoblar) — Islomning paydo bo‘lishi va Payg‘ambar Muhammad (sollallohu alayhi vasallam) hayotlari davridan boshlab islom tarixining asosiy voqealariga bag‘ishlangan nashr. Kitoblarda islom dini tarqalishining muhim bosqichlari, sahobalar faoliyati, musulmon jamiyatining shakllanishi va muhim tarixiy voqealar izchil yoritilgan.
Qoraqalpoq tilidagi nashr o‘quvchilarga islom sivilizatsiyasining boy tarixiy merosi bilan ona tilida tanishish imkonini beradi. Kitoblar islom tarixi, buyuk islom arboblari hayoti va musulmon dunyosining rivojlanishi bilan qiziquvchilar uchun foydali bo‘ladi.

