«Islom moliyaiga kirish» — so‘nggi yillarda jadal rivojlanib borayotgan islomiy moliya va bank tizimining nazariy hamda amaliy asoslarini o‘rganish uchun eng muhim manbalardan biridir.
Kitob muallifi, bir nechta Islom banklarining Shariat Kuzatuv kengashi raisi va a’zosi bo‘lgan Muftiy Muhammad Taqiy Usmoniy o‘zining boy tajribasiga tayanib, an’anaviy moliya va islom iqtisodiyoti o‘rtasidagi tub farqlarni ochib beradi. Asarda kapitalizm va islom iqtisodiyoti, ribodan holi moliyalashtirish, shuningdek, zamonaviy amaliyotda keng qo‘llanilayotgan asosiy vositalar atroflicha tahlil qilingan.

