Ushbu kitob ayollarning turmushda uchraydigan ayrim xato kamchiliklarini to‘g‘rilash asnosida yurtimizda mavjud oilalarni yana-da mustahkamlash maqsadida tayyorlandi. Kitobdan kundalik turmushda xotin-qizlarimizga asqotadigan tavsiya va maslahatlar o‘rin olgan. Mazkur kitob ayollarga o‘zligini anglashga va turmush o‘rtog‘ini tushunishga yordam beradi. Shuningdek kitob bamisoli ko‘ngil dorisi yoxud ruhiy muolaja o‘rnida turmushimizning bemor taraflariga shifo bo‘ladi, degan umiddamiz. O‘ylaymizki, ushbu risola sizlarni befarq qoldirmaydi va undagi tavsiyalarga amal qilish orqali siz har bir kuningizni chiroyli va mazmunli qilishga erishasiz.

