Ushbu kitobda qadimiy yunon va fors, qadimgi rim va xitoy, hind va afrika an’analarini o‘zida mujassam etgan islom olamining gastronomik madaniyati qanday shakllangani haqida hikoya qilinadi. So‘z musulmon bayramlari madaniyati (avvalo Ramazon) hamda “ta’mlar sayohati” — Bag‘doddan Kordovagacha va Tunisdan Palermogacha; Payg‘ambar Muhammadning sevimli taomi va taom paytida palma sharobini ichish mumkinmi, degan masalalar haqida boradi; arab cho‘llari ko‘chmanchilari oshxonasi va Andalusiya bog‘lari gurmanlari taomlari; nafis va sodda oshxona; Mag‘rib mamlakatlari oshxonasi va “Ming bir kecha” taomlari haqida so‘z yuritiladi.
Bu yerda oshxona tarixi nafaqat qiziqarli hikoya, balki kitobning deyarli asosiy qismini tashkil etuvchi retseptlarga batafsil sharh ham bo‘lib xizmat qiladi va islom olami madaniyati bilan yanada yaqinroq tanishishga yordam beradi.

