• Nomi: Treyding san’ati
• Muallif: Renat Valeev, CFA
• Janri: Moliya, treyding, amaliy qo‘llanma
• Yosh chegarasi: 16+
• Muqova: Yumshoq
• Sahifalar soni:182
Kitobning asosiy afzalligi — nazariy bilimlarni qisqartirib, to‘g‘ridan-to‘g‘ri amaliyotga urg‘u berilishidir. Muallif o‘zining yillik tajribasi va CFA darajasiga asoslangan bilimlari bilan bozorni chuqur tahlil qiladi va o‘quvchilarga haqiqiy natijaga erishishda yordam beradigan strategiyalarni taqdim etadi. “Treyding san’ati” tajribali treyderlarga risklarni boshqarish, savdo rejalarini tuzish va bozorni real vaqtda kuzatishning samarali usullarini o‘rgatadi. Shuningdek, unda investorlarning ruhiy barqarorligini mustahkamlash, xatolardan saboq olish va bozorning beqaror vaziyatlarida to‘g‘ri qaror qabul qilish bo‘yicha ko‘rsatmalar berilgan. Bu kitob zamonaviy treyderlar uchun qo‘llanma bo‘lib, ularni amaliy tajribaga tayanib muvaffaqiyat sari yetaklaydi.

