"Bunyodkorlik san’ati" kitobi ijod va ilmiy tajribalar orqali atrof-olamni anglash yo‘lidan borayotganlar uchun mo‘ljallangan. Unda "Eksploratorium" muzeyining ijodiy ustaxonasida turli davrlarda faoliyat yuritgan 23 nafar havaskor ustalarning portretlari o‘rin olgan. Kitob qahramonlari o‘zlarining sevimli usullari, asboblari va materiallari, ilhom manbalari, izlanishlari va shubhalari haqida so‘zlab berishadi. Qisqasi, ularga o‘zlarining original g‘oyalarini amalga oshirishga yordam beradigan barcha narsalar haqida.
Usta maslahatlari bilan qurollangan o‘quvchi illyustratsiyalar bilan bosqichma-bosqich yo‘riqnomaga amal qilib, xuddi shu texnikada yeng shimarib, qiziqarli narsa yasashi mumkin. Turli mamlakatlarda yashovchi, o‘xshash materiallar bilan ishlaydigan, lekin buni o‘zlaricha amalga oshiradigan rassomlar, dizaynerlar, konstruktorlarning ilhomlantiruvchi ishlari ijodiy kayfiyatga yordam beradi. Ijodiy ustaxona asoschilari va ushbu kitob mualliflari san’at, fan va texnologiya uyg‘unlashgan 150 dan ortiq ajoyib loyihalarni tanlab olishgan.

