Kommunizm niqobi ostida millatning, yoshlarning ongiga ma’naviyat, madaniyat deb dinsizlik g‘oyalarning singdirilishi, xalqni o‘zligidan, milliy va diniy ildizlaridan judo qilish jarayonlari yorqin ifodalab berilgan ushbu kitob kitobxonni befarq qoldirmasligi tabiiy.
☝️ Asarda bir oila, uning a’zolari boshidan o‘tgan fitna va qiynoqlar misolida butun boshli millatning chekkan dardu alam va iztiroblari yoritilgan.

