«ISHQ»ni uch harf bilan yozib bera oladigan insonlarga bagʻishlangan.
✅ «I» «Sh» «Q» Alloh taologa boʻlgan ishqning tasavvufiy ifodasi. Kitob ilohiy ishqning yorqin timsoli boʻlib, unda ishqning goʻzal namunalarini uchratasiz.
⏺ Ayn (I). Sharqona muhabbat imzosi.
«Ishq» bu uch harfdan iborat soʻz yoxud sevgi-muhabbat taʼsirida yoritiladigan tuygʻu emas.
Muallif kitobda Alloh taoloni izlashni soʻfiylar yoʻli orqali tariflab beradi. Ularning hikoyalari oʻquvchini oʻylashga va tahlil qilishga chorlaydi.
Kitob muallifi: Fotih Duman
Kitob tarjimoni: Dilfuza Turdiyeva
Kitob janri: badiiy-psixologik
Turkum: roman
Betlar soni: 290
Tili: Oʻzbek
Alifbosi: Kirill
Muqovasi: Yumshoq
⏺ Shin (Sh). Oshiqlik ilmi.
Tasavvuf va falsafaga boy ushbu asar oʻquvchida iliq xotiralar qoldiradi.
«Ishq» kitobi sizni chuqur mushohadaga chorlaydi. Yunus Emro, Rumiy hamda Sheroziydan keltirilgan baytlar bilan ilohiy ishq tasvirini goʻzal ifoda etadi.
«Ishq» ning «Shin(Sh)» qismida «Oshiqlik ilmi» bayon etilgan.
Kitob muallifi: Fotih Duman
Kitob tarjimoni: Dilfuza Turdiyeva
Kitob janri: badiiy-psixologik
Turkum: roman
Betlar soni: 417
Tili: Oʻzbek
Alifbosi: Kirill
Muqovasi: Yumshoq
⏺ Qof (Q). Muhabbat ishonchdan tugʻiladi.
Layli va Majnun qissasi bizni oʻyga toldirishi orqali oshiqlarning sham ishqida yonib kul boʻlishi asosiy mavzu mohiyatini ochib beradi.
«Birinchi harf tovushsiz, sukunatga gʻarq boʻlgan.
Ikkinchisi baxtli – visolga yetib, xotirjam boʻlib qolgan.
Uchinchisi esa qutlugʻ harf, u yonib boʻlgan va kulga aylanib ulgurgan».
Kitob muallifi: Fotih Duman
Kitob tarjimoni: Dilfuza Turdiyeva
Kitob janri: badiiy-psixologik
Turkum: roman
Betlar soni: 317
Tili: Oʻzbek
Alifbosi: kirill
Muqovasi: Yumshoq
✅ Mazkur uch tasavvuf namoyandasi tilidan yozilgan hikmatli soʻzlar, keltirilgan ijod namunalari «Ishq» kitobini tugatib, kimning asarlarini izlashingizni belgilaydi goʻyo...
Kitoblarni «I» «Sh» «Q» qismlarini birlashtirgan holda oʻqishni tavsiya qilamiz.

