ISHQ SAHROSI
Hayotdan xafaman, chunki meni sendan, seni mendan o‘g‘irladi. Yuragidan ayro jismimni cho‘lning qoq o‘rtasida tashlab ketdi. Ulg‘aydim, turmushga chiqdim, ona bo‘ldim, lekin bilki, nuqul kemtikman. Tup qo‘yib, palak yozdim-u, o‘z urug‘imga yetisha olmadim, ana shunga yonaman. Qalbim hamon ayriliq motamini tutyapti, ko‘ngil daryomdagi bari qayiqlarning eshkakla-ri singan. Sen tomon suzib bora olmayapman. Sahroda ildiz otayin deb kechagi kun haqida hamma narsani unutdim. Jimjit sahro bo‘ylab qadam tashlasamu kun adog‘ida ilinjni topsam, ruhimni atirgul yaproqlariyu nafis matolarga o‘rasam, baribir baxtli emasman. Yigit bo‘ldingmi? Uylandingmi? Farzandlaring bormi? Bolalaringga amma bo‘ldimmi?..
Dashtlar bo‘ylab kezib yuribsanmi? Qaysidir suluvning yuragidan urganmisan? Kechqurun derazasining tagida kutganmisan uni? Qo‘shiqlar yangragan lahzalarda sevgilingni izlaganmisan?..
Banda degani sog‘inch azobiga bunchalar girif-tor etiladimi?..

