• Nomi : Ishq — qalbning dvosidir
• Muallifi : Emre Tunjer
• Janri : Romantik-psixologik nasr, ilhomlantiruvchi esse
• Muqovasi : Yumshoq muqova
• Varaq soni : 191
“Ishq — qalbning dvosidir” — Emre Tunjеrning eng nozik va ruhiy asarlaridan biri bo‘lib, unda sevgi insonning eng kuchli dardlariga ham malham bo‘la olishi tasvirlanadi. Kitob ikki qalb o‘rtasidagi ishonch, mehr, qo‘llab-quvvatlash va bir-birini anglash kabi murakkab, ammo hayotiy tuyg‘ularni juda samimiy, shoirona tilda ochib beradi.
Asarda insonning ruhiy jarohatlari, o‘tmishdagi iztiroblar, qo‘rquvlar va ulardan sevgi orqali shifo topish jarayoni yoritilgan. Muallif o‘quvchini ichki tinchlikka chorlaydi, “qalb — eng hassos joy, unga faqat pok tuyg‘ular kirishi kerak” degan g‘oyani yetkazadi.
Kitobdagi ayrim jumlalar yurakka tez kirib boruvchi, mulohazaga undovchi darajada kuchli. U hayotda chin sevgi borligiga ishonchni mustahkamlaydi, insonni o‘zini qadrlashga, o‘ziga ochiq bo‘lishga va qalbini davo bo‘ladigan tuyg‘ularga tayyorlashga chorlaydi.
Sevgisi chuqur bo‘lganlar, ruhiy qo‘llab-quvvatlash izlayotganlar yoki shunchaki ilhom istaganlar uchun juda mos asar.

