Ilk muhabbatimsan! Oxiring yo‘q, avvaling g‘oyib bo‘lgan. Bo‘lmagan emas, boshqalar ham bo‘lgan, ammo sen tufayli barchasi yo‘q bo‘ldi.
Sen xatolarim ko‘rsatgan haqiqatsan, oldingilar ergashtirib kelgan huzur yo‘lisan.
Ko‘nglimga yog‘gan sevgi yomg‘irisan, har tomchingdan ishqim shifo topyapti!
Bolaligimsan! Samimiyatim, taʼrifsiz baxtiyorligimsan.
Tuproqning yomg‘ir bilan atrofga yoyilgan iforisan, choyimning eng totli qultumisan. Sen mening javobsiz savollarimning javobi, har duomda tilaganim, har nafasda sog‘inganimsan.

