• Ishq ayyomi
• O'zbek tilida
• Lotin yozuvida
• 160 bet
• qattiq muqova
Muhabbat – nur. U tafakkurni, shuurini bir so‘z bilan aytganda qalblarni charog‘on aylaydi. Zotan, inson kamolatini shu aziz va qutlug‘ tuyg‘usiz tasavvur etib bo‘lmaydi. Shu bois bo‘lsa kerak, qalam ahli uchun muhabbat hamisha mang‘u mavzudir. Ushbu kitobda shoir G‘ayrat Majidning o‘lmas va boqiy mavzu – muhabbat haqidagi she’rlaridan namunalar o‘rin oldi.
Aziz kitobxon, marhamat, shoirning navbatdagi armug‘onidan bahramand bo‘ling.
Haqdan mening ruhimga
Cho‘g‘ tushgan, ziyo tushgan,
Yuragimning bog‘iga
Bulbuli go‘yo tushgan.
Aytmas tilda borini,
So‘ylar dilda borini,
Sendan ne’mat, Allohim,
Or tushgan, hayo tushgan.

