• Qattiq muqova, 240 bet
Yozuvchi Xayriddin Sultonning ushbu kitobi ikki boʼlimdan iborat.
Birinchi boʼlimdan joy olgan "Ishonch telefoni" qissasida hayotda chindan ham yuz bergan, muallif bevosita guvohi boʼlgan voqea-hodisalar, yon-atrofimizda yashayotgan, tarixi va taqdiri bir-biriga oʼxshamaydigan turli insonlarning xarakterlari, ruhiy kechinmalari, dardu armonlari oʼziga xos shartli shaklda ifoda topgan.
"Ishonch yorliqlari" deb nomlangan ikkinchi boʼlimda esa ijodkor doʼstlarining yangi izlanishlari sabab adib qalbida tugʼilgan taassurotlar hamda ustozlar yodi bilan bogʼliq xotiralar jamlangan.

