Hatto "Shovqinli yigirmanchi yillar"ning g‘alvayu shovqini ham ularning nomini unutdirib yubora olmadi. U — Uoll-stritning afsonaviy magnati, ayol esa — g‘ayrioddiy xulqli aristokratlarning qizi edi. Ular birgalikda cheksiz boylik illyuziyasiga asoslangan dunyoning cho‘qqisiga ko‘tarilishdi. Ammo shunday ulkan boylik evaziga ular nimalarni qurbon qilishdi? Biz bu hikoyani bir necha manbadan bilib olamiz: millionerning hayoti haqidagi kitob; uning o‘z xotiralari; hamda tarix bilan haqiqat o‘rtasidagi tafovutni payqab qolgan va o‘sha xotiralarni ko‘chirib yozayotgan mashinkachi ayolning hikoyasi orqali.

