Xayolot kemasida hissiyot ummoniga g‘arq bo‘lganlar bormi?
Eng go‘zal tuyg‘usi bo‘lmish sevgisi bilan o‘zga bog‘larni sug‘organ, lek o‘zining bir gulini so‘lishiga rozi bo‘lgan qalblar bormi?
Muhabbat tafti Sahroi Kabirni qizdirar darajada otashin, biroq qaynoq tuyg‘ularini shimol muzliklariga ko‘mganlar bormi?
Baxt neligini-yu, sevgi neligini ulardan so‘rang! Gar qalblari kitob bo‘lsa, o‘qib berishsin…

