Fikrlarimga yo'l izlab o'ylaganlarim bular. Ulg'aygach, akslar falsafasidan darak topdim. U falsafani eng sodda tillda ifodalagan misol mana bunday:
"Bir xonaning har tarafiga tiniq ko'zgular oʻrnatilgan edi. Kirgan kishi to'rt tomonda, hatto oyoq ostida-yu shiftda ham o'zining muttasil akslanayotganini koʻrardi. Shuningdek, bu xonaning me'mori ovozlarni ham akslanadigan qilib quribdi: birgina ovoz yuz xil ohangda, kuchayib yoki pasayib, takrorlanib qaytar edi.
Bir kuni shu xonaga yosh bir arslonni kiritib yubordilar.

