• Isajon Sulton: Ma'suma
O‘zbekiston xalq yozuvchisi Isajon Sultonning “Maʼsuma” romani tariximizning “jadidlik” deb atalgan eng murakkab davri, vatanparvar ota-bobolarimizning yurt ozodligi va xalq xurriyati yo‘lidagi fidoyiligi, mamlakat ravnaqi yo‘lida amalga oshirgan ibratli ishlari hamda birinchi o‘zbek aktrisasi Maʼsuma Qoriyevaning fojiali taqdiri haqida hikoya qiladi. Ushbu asarni yurtimiz tarixidagi qora kunlarning zamonaviy talqini, milliy teatrimizning badiiy tarixi deb atasa bo‘ladi.

