Artur Shopengauer (1788-1860) - yirik nemis irratsionalist faylasufi.
Norvegiya Qirollik Fanlar akademiyasiga tanlovga taqdim etilgan asarlar axloqshunoslikning ikki asosiy muammosiga - iroda erkinligi va axloq asoslariga bag‘ishlangan.
Shopengauer fikricha, inson mukammal va barqaror tabiatga ega emas. Demak, u bir xil darajada erkin va erksiz.
Faqat irodagina insonning mohiyatini tashkil etadi, shuning uchun ham erkinlik kamdan kam odamga nasib etadi...
Mana, paradoks: bu ixtiyoriy asoratda, avvalo, axloqning o‘zi aybdor.
Artur Shopengauer Norvegiya Qirollik Fanlar akademiyasiga "Insonning o‘z-o‘zini anglashidan kelib chiqib, uning iroda erkinligini namoyish etish mumkinmi?" degan savolga javob topish uchun o‘z inshosini topshirdi. Shopengauer masalaning barcha jihatlarini tahlil qilib, javob berdi. Keyinchalik uning ijodida iroda erkinligi mavzusi asosiy o‘rinni egalladi. Bu asarlardan siz erkinlik va o‘z-o‘zini anglashning asosiy tushunchalarini, dunyoviy iroda va hayotga bo‘lgan iroda o‘rtasidagi farqni, jismoniy va axloqiy erkinlik o‘rtasidagi farqni bilib olasiz.

