IQWATT IQ OUTDOOR THERMOSTAT DIN — elektr isitish va muzlashga qarshi tizimlarni avtomatik boshqarish uchun mo‘ljallangan elektron termostat. Qurilma tomlar, piyodalar yo‘laklari, zinapoyalar va ochiq maydonlarda muz hamda qor to‘planishining oldini olish, shuningdek quvurlar, idishlar va boshqa isitiladigan yuzalardagi haroratni nazorat qilish va saqlash uchun qo‘llaniladi. Termostat rangli TFT-displey va aylantiriladigan enkoder bilan jihozlangan bo‘lib, uning yordamida ish rejimlarini tanlash va kerakli parametrlarni sozlash qulay. Qurilmada ikkita ish rejimi mavjud: «Tom» rejimida harorat diapazoni -20 dan +15 °C gacha, «Isitish» rejimida esa -10 dan +45 °C gacha sozlanadi. Bundan tashqari, 20 daqiqalik majburiy ishga tushirish test rejimi, 0 dan 120 daqiqagacha qo‘shimcha isitish vaqtini sozlash va gisterezisni boshqarish imkoniyatlari mavjud. Qurilma 230 V elektr tarmog‘ida, ±10% kuchlanish o‘zgarishiga ruxsat etilgan holda ishlaydi va maksimal 16 A yuklamaga mo‘ljallangan. Haroratni nazorat qilish uchun 1 metr uzunlikdagi NTC 10 kOm tashqi datchikdan foydalaniladi, zarur bo‘lganda uning kabelini 60 metrgacha uzaytirish mumkin. Korpus qiyin alangalanadigan plastmassadan tayyorlangan, himoya darajasi IP20. Ixcham termostat elektr boshqaruv щitidagi DIN-reykaga o‘rnatiladi va turar joy, tijorat hamda texnik binolarda avtomatlashtirilgan elektr isitish tizimlarini tashkil etish uchun mos keladi.

