Ushbu qoʻllanma Milliy sertifikat imtihoniga tayyorlanayotgan abituriyentlar, maktab oʻquvchilari va biologiya fanidan yuqori natijaga erishishni maqsad qilgan barcha kitobxonlar uchun tayyorlangan. Kitob amaldagi imtihon dasturiga mos ravishda tuzilgan boʻlib, nazariy bilimlarni mustahkamlash va test yechish koʻnikmalarini rivojlantirishga yordam beradi.
Qoʻllanmada 30 ta toʻliq test varianti, amaliy topshiriqlar hamda 40+3 ta yozma topshiriq jamlangan. Har bir topshiriqning javoblari berilganligi sababli oʻquvchi oʻz xatolarini mustaqil tahlil qilishi, bilim darajasini baholashi va kamchiliklarini bartaraf etishi mumkin.
Kitobda biologiyaning asosiy bo‘limlari — hujayra biologiyasi, genetika, botanika, zoologiya, odam anatomiyasi va fiziologiyasi, ekologiya hamda evolyutsiya mavzulari qamrab olingan. Mavzular tizimli ravishda yoritilgani sababli oʻquvchilar bilimlarini mustahkamlab, imtihon savollarini ishonch bilan yechishga tayyorlanadilar.
IQTIDOR. Biologiya. Milliy sertifikat — yuqori natijani maqsad qilgan har bir abituriyent uchun ishonchli va samarali tayyorgarlik qoʻllanmasi.

