Ushbu to‘plamda Bahodir Yo‘ldoshev, Rimma Ahmedova, Dilorom Karimova, Murod Muhammad Do‘st kabi millatimiz oydinlari bilan suhbatlar, san’at va adabiyot haqidagi maqolalar, esselarga keng o‘rin berilgan. Kitobni qisqagina qilib “uyg‘unlik jozibasi” deb ta’riflash mumkin.
Nega bizda lanjlik hukm suryapti? Shoir tarannum etgandek, chindan ham yerdagi jannatda yashayapmizmi? Bali, biz o‘zimizni ko‘p narsadan, hatto haqiqatni ko‘rishdan (aytish demayapman) ham ihotalab tashlagandirmiz. Dard miqyosi tor bo‘lgani uchun badiiy va ekran asarlarida yurakning zarbi sustmikan? O‘zimiz tanlagan ilmlilik, “oltin o‘rtalik” deb ataganimiz sixni ham, kabobni ham kuydirmaslik istagi o‘z-o‘zidan matnga ekranga ko‘chyapti. Afsuski, biz bugun “shaxs” deb ulug‘layotgan ziyolilarni jadidlarning qismati va jasoratidan ko‘ra ularga o‘rnatilgan haykal ko‘proq hayajonlantiradi.
ISBN : 9789910708312
Muqova materiali : Qog‘oz
Qog‘oz formati : A5
Muqovasi : Qattiq
Betlar soni : 240
Ishlab chiqaruvchi mamlakat : O‘zbekiston
Chop etilgan yili : 2025
Nashriyot : Yangi Asr Avlodi
Yozuv : Kirillcha
Til : O'zbekcha
Sahifalar yuzasi : yaltiroq

