iPhone 17 Pro va 17 Pro Max uchun shaffof g‘ilof — asl dizaynni ta’kidlaydigan rangli detallar
iPhone’ingizning rangini yashirmasdan, unga o‘zingizga mos ko‘rinish bering. Shaffof orqa panel, yaltiroq hoshiya va rangli halqa uyg‘unligi telefonning tanish dizayniga yangi joziba qo‘shadi. Sodda shakl va ifodali aksentlar kundalik aksessuarni didingizning bir qismiga aylantiradi.
Shaffoflik — telefoningizning asl go‘zalligi uchun
Orqa panel telefonning rangini ko‘rsatib turadi. G‘ilofning rangli chetlari esa korpus konturini ajratib, ko‘rinishni yanada aniq va ifodali qiladi. Telefoningiz uchun tanlagan rangingiz dizaynning markazida qoladi.
Bir-birini to‘ldiradigan detallar
Uslubingizga mos rangni toping
Oq halqali, kumushrang hoshiyali variant — yorug‘ va nafis ko‘rinishni qadrlaydiganlar uchun. Shaffof panel bilan uyg‘unlashib, yengil va vazmin taassurot yaratadi.
Ko‘k variant — chuqur rang va yaltiroq detallar uyg‘unligi. Kundalik uslubiga ifodali aksent qo‘shishni istaganlar uchun.
Sabzirang variant — iliq, yorqin va e’tiborni tortadigan tus. Rangli aksessuarlarni yoqtiradiganlar uchun dadil tanlov.
Har kuni foydalanadigan aksessuaringiz ham didingizni aks ettirsin. Kerakli model va mavjud ranglar orasidan o‘zingizga mos variantni tanlang. iPhone 17 Pro va iPhone 17 Pro Max uchun g‘iloflar o‘lchami farq qiladi — buyurtmada telefoningizga mos modelni belgilang.

