iPhone 15 Pro uchun mo'ljallangan ushbu silikon g'ilof (chexol) smatfoningizni ishonchli himoya qiladi va zamonaviy ko'rinish beradi. G'ilof ichiga o'rnatilgan kuchli MagSafe magnit halqasi orqali telefoningizni g'ilofdan chiqarmagan holda simsiz zaryadlash moslamalariga hamda avtomobil tutqichlariga (derjatel) mustahkam biriktirishingiz mumkin.
Asosiy afzalliklari:
- MagSafe texnologiyasi: Simsiz quvvatlash moslamalari bilan to'liq mos keladi va tezkor zaryadlashni ta'minlaydi.
- Ishonchli himoya: Yiqilish, zarba va tirnalishlardan samarali saqlaydi. Kamera linzalari hamda ekran atrofidagi maxsus baland bortiklar qo'shimcha xavfsizlik beradi.
- Yuqori sifatli material: Yumshoq va elastik silikon qo'lda sirpanmaydi, kirlanish va barmoq izlariga chidamli.
- Aniq o'lcham: iPhone 15 Pro modelining barcha tugmalari, dinamik va quvvatlash tirqishlariga 100% tushadi.