AfzalliklariЙук
Kamchiliklariишламади 1 кун хам
Izohустановкадан сунг 1 соат ишлади, кегин 71 код чикиб факат хаво хайдаяпти, умуман совутмаяпти, оддий хаво хайдаетганда хам шовкин билан ишлаяпти, Артел махсулоти сифатли деб олгандим, бекор олган эканман, еки алмаштириб беринглар еки пулимни кайтаринглар
Sotuvchining javobi
Assalomu aleykum hurmatli mijoz. Xaridingiz uchun rahmat. Bunday holatga duch kelganingizdan juda afsusdamiz. Biz mijozlarimizga faqat eng yuqori sifatli mahsulotlarni yetkazib berishga intilamiz va sizning fikrlaringiz bizni yaxshilashga yordam beradi. Agar konditsionerning isitish yoki sovutish funksiyasi ishlamasa, buning bir nechta sababi bo'lishi mumkin, masalan, noto'g'ri o'rnatilish yoki texnik nosozlik. Bizning kompaniyamiz 3 yilga kafolat taqdim etadi, shuning uchun konditsionerda muammo yuzaga kelsa , biz sizga yordam berishgatayyormiz. Konditsionerni qaytarish yoki ta'mirlash uchun quyidagi amallarni bajarishingizni so'raymiz: Agar konditsioner nosoz bo'lsa, kafolat doirasida xizmat ko'rsatayotgan servis markaziga murojaat qilishingiz mumkin. Ular konditsionerdagi muammoni aniqlab, bartaraf qilisshda yordam beradi. Agar konditsionerni qaytarishni istasangiz, mahsulotni qaytarish shartlariga rioya qilgan holda qaytarishingiiz mumkin. E'tibor bering, agar konditsioner o'rnatilgan bo'lsa, qaytarish shartlarini buzgan bo'lasiz. Ishonchimiz komilki, agar konditsioner to'g'ri o'rnatilgan bo'lsa, yaxshi ishlaydi.