• D-pantenol (provitamin B5) va tokoferol (E vitamini)
• Evkalipt va yashil choy ekstraktlari yangilovchi, tonus beruvchi, antibakterial, yallig‘lanishga qarshi va regeneratsiya qiluvchi xususiyatlarga ega. Tabiiy sut kislotasi intim sohaning tabiiy mikroflorasini qo‘llab-quvvatlaydi.
SOFT Fresh — Ayollar uchun kundalik intim gigiyenaga mo‘ljallangan, tozalovchi va yangilovchi vositadir. Tabiiy formulasi o‘simlik ekstraktlari va vitaminlar majmuasi bilan boyitilgan bo‘lib, uzoq davom etuvchi tozalik, yangi his va qulaylik baxsh etadi. SOFT Fresh nozik tozalaydi, tabiiy mikroflorani saqlaydi, namlantiradi va oziqlantiradi, intim sohada qurish va noqulaylikning oldini oladi.


