450×220 sm o‘lchamdagi Intex tent basseynni tashqi iflosliklardan himoya qilish uchun mo‘ljallangan. Yuqori sifatli, suv o‘tkazmaydigan va quyoshga chidamli materialdan tayyorlangan bo‘lib, uzoq muddat xizmat qiladi.
Maxsus bog‘lovchi arqonlari yordamida tentni basseyn ustiga mustahkam o‘rnatish mumkin. Bu esa shamolda uchib ketishini oldini oladi. Tent suvning bug‘lanishini kamaytiradi va suv haroratini saqlashga yordam beradi.

