Intex 64426 Ultra Plush – maksimal qulay uyqu uchun premiumm puflanadigan krovat.
Intex 64426 Ultra Plush modeli uyda, sayohatda yoki mehmonlar uchun juda qulay puflanadigan krovat hisoblanadi. Uning 46 sm balandligi oddiy krovatga o‘xshash qulaylik beradi va yotish hamda turishni yanada osonlashtiradi.
Krovat ichki qismi zamonaviy Fiber-Tech / Dura-Beam texnologiyasi bilan ishlab chiqilgan. Minglab mustahkam tolalar matrasni yanada barqaror qiladi va tanani to‘g‘ri ushlab turadi, bu esa uyqu sifatini yaxshilaydi.
Ustki qismi yumshoq velur (flok) qoplama bilan qoplangan bo‘lib, juda yoqimli va choyshab sirpanib ketmasligini ta’minlaydi. Ichki elektr nasos (220V) yordamida matrasni 3–4 daqiqada tez shishirish yoki bo‘shatish mumkin.
Kompakt dizayni tufayli uni saqlash va sayohatga olib yurish juda qulay.
✔ Ultra Plush premiumm seriyasi
✔ Zamonaviy Fiber-Tech / Dura-Beam texnologiyasi
✔ Ichki elektr nasos bilan tez shishiriladi
✔ Yumshoq velur qoplama
✔ 46 sm balandlik — haqiqiy krovatga o‘xshash qulaylik
✔ Ixcham va yengil dizayn
✔ Uy, sayohat va mehmonlar uchun ideal
🛏 Dam olishni yanada qulay va premiumm darajada his qiling.

