INTER NATION Student’s Book — bu INTER NATION ENGLISH SCHOOL'ning minglab o‘quvchilari foydalanadigan asosiy darslikdir. Ushbu darslik Oxford University Press litsenziyasi asosida ishlab chiqilgan va ingliz tilini real sharoitda o‘rganishga to‘liq moslashtirilgan.
Bu kitob ingliz tilini mukammal o'rganish uchun bosqichma-bosqich qo‘llanmadir. Har bir modul grammatika, leksika, tinglab tushunish, og‘zaki va yozma nutq bo‘limlarini o‘z ichiga olgan bo‘lib, talabalar bir vaqtning o‘zida barcha til ko‘nikmalarini rivojlantiradilar.
Darslik aniq va qulay tuzilmasi bilan ajralib turadi: u 12–15 ta mavzulashtirilgan unitlardan iborat. Har bir unitda dolzarb matnlar, amaliy mashqlar, dialoglar hamda grammatikani mustahkamlash uchun mashqlar mavjud.
Har bir mavzu INTER NATION Student’s App mobil ilovasida mavjud bo‘lgan videodarslar bilan to‘ldirilgan. Shu sababli, bu darslik nafaqat kitob, balki siz bilan birga bo‘ladigan multimedia platformasiga aylanadi. U istalgan joyda va qulay vaqtda ta’lim olish imkonini beradi.

