IELTS X Students' Book — INTER NATION ENGLISH SCHOOL tomonidan ishlab chiqilgan zamonaviy IELTS darsligi. Darslik IELTS imtihonining real formatiga moslab yaratilgan va barcha savol turlarini to‘liq o‘rgatishga qaratilgan.
Har bir dars quyidagi bo‘limlardan iborat:
• Question Type
• Exam Skills
• Vocabulary Topic
• Lead-in
• Theory
• Exercises
• Practice
Bu tuzilma talabaning aynan bitta savol turini dars davomida oxirigacha puxta o‘zlashtirishini ta’minlaydi.
IELTS formatiga to‘liq moslashuv:
Listening, Reading, Writing va Speaking bo‘yicha mavjud 10 tadan 17 tagacha bo‘lgan barcha Question Typelar kurs davomida to‘liq qamrab olinadi. Talaba darslik yordamida har bir savol turini yechish strategiyalarini mukammal o‘zlashtiradi.
Leksik boylikni kuchaytirish:
Har bir mavzu aniq Vocabulary Topic asosida tuziladi. Bu kurs oxirida umumiy mavzular bo‘yicha keng so‘z boyligiga ega bo‘lish imkonini beradi.
Ishonchli manbalar:
Materiallar INTER NATION ekspertlari – IELTS 9.0 va CELTA sertifikati egalari, native speakerlar tomonidan ishlab chiqilgan hamda rasmiy IELTS resurslariga asoslangan. Har bir mashq aniq maqsadga yo‘naltirilgan va natijaga xizmat qiladi.
IELTS X Student’s Book talabalarga imtihon savollariga nisbatan to‘liq tushuncha berib, amaliy ko‘nikmalarni shakllantiradi va IELTS ballini oshirishga yordam beradi.

