• Nashriyot: "Spectrum Media Group" Toshkent 2026 yil.
• Tuzuvchi: Baxtiyor Ondayev
• Ichki blok: rangli
• Sahifalar soni: 160
• Muqova: yumshoq.
• Til: o‘zbek tilida
• Format: 70*90 1/16 (A4)
Mazkur to‘plam akademik litseylar, prezident maktablari va ixtisoslashtirilgan maktablarga kirish imtihonlariga tayyorgarlik ko‘rayotgan umumiy o‘rta ta’lim maktablari o‘quvchilari uchun mo‘ljallangan bo‘lib, bu to‘plamda jami 30 ta variantda 20 tadan 600 ta test savollari va kitob oxirida ularning javoblari berilgan.
Bu test variantlari to‘plamidagi IQ testlarida arifmetik hisoblash, mantiqiy qatorlar bilan ishlash, geometrik shaklni to‘ldirish qobiliyati, parchani aniqlash qobiliyati, faktlarni yodlash, so‘zlardagi harflarni manipulyatsiya qilish, texnik chizmalarni yodlash kabi mashqlardan foydalanilgan.
Test topshiriqlari o‘quvchilarning mantiqiy fikrlash (intellektual qobiliyati) darajasini aniqlashga qaratilgan. Ular o‘quvchilarning mantiqiy fikrlash, mantiqiy ketma-ketlik va mantiqiy bog‘liqlikni to‘g‘ri anglash, dalillarni solishtirish va ular o‘rtasidagi aloqani aniqlash, tushunchalarni tasniflay olish qobiliyatini tekshirishda asqotadi.
To‘plamdagi testlar o‘quvchining intellektual qobiliyat (IQ) darajasini aniqlash, tekshirish, sinash va oshirishga mo‘ljallangan bo‘lib, umumiy o‘rta ta’lim maktablarining barcha sinf o‘quvchilari va o‘qituvchilar foydalanishlari mumkin.

