Intellect gelli lab qalami — bu chidamlilik, yorqin rang uzatish va qulaylikning eng yuqori cho‘qqisidir. Sizning obrazingiz yanada mukammal va barqaror bo‘lishi uchun har bir detal mutaxassislar tomonidan mukammallikka keltirilgan.
Gelli lab qalami o‘ta chidamli formulasi va mayin konsistensiyasi bilan ajralib turadi, bu esa har qanday sharoitda benuqson natijani ta’minlaydi. Lab konturi kun bo‘yi o‘z holatini saqlaydi — surkalib ketmaydi va iz qoldirmaydi.
Asosiy xususiyatlari:
- Tekstura: Surish paytida gelli tekstura kremni eslatadi: labda silliq sirpanadi va o‘rtacha tezlikda qotadi. Bu esa qalam to‘liq qotib qolguncha kerakli tuzatishlarni kiritish imkonini beradi.
- Finish: Grifelning qulay qattiqlik darajasi lab yuzasida baxmaldek mat finish qoldiradi. Terini quritmaydi.
- Ko‘p funksiyalik: Sevimli lab bo‘yog‘ingiz bilan birga ishlash uchun ham, labning butun yuzasiga mustaqil lab bo‘yog‘i sifatida surish uchun ham mos keladi. Kundalik foydalanish uchun qulay.
- Pigmentatsiya: Ultra-pigmentli formula rangning maksimal darajada ochilishini va kun davomida to‘yinganlikni ta’minlaydi.
- Ranglar palitrasi: Tabiiy "nyud" ranglardan tortib to to‘q vino-jigarrang ranggacha bo‘lgan 13 xil bazaviy turlar har qanday obrazni to‘ldiradi.
Foydalanish bo‘yicha tavsiya:
Qalamning plastik korpusi kosmetik o‘tkirlagich (tochilka) yordamida, biroz kuchliroq bosgan holda o‘tkirlanadi. Qalam qurib qolmasligi uchun qopqog‘ini doimo mahkam yopib qo‘ying.
