Intel Core i3-14100F — Intel Core 14-avlodiga mansub yuqori unumdor desktop protsessor bo‘lib, gaming kompyuterlar, ofis tizimlari, dasturlash, multimedia va kundalik vazifalar uchun mo‘ljallangan.
Protsessor 4 ta yadro va 8 ta oqim bilan jihozlangan. Bazaviy chastotasi 3.50 GHz, Intel Turbo Boost texnologiyasi yordamida maksimal chastotasi 4.70 GHz gacha yetadi. Kesh xotirasi 12 MB Intel Smart Cacheni tashkil etadi.
F indeksli ushbu modelda integratsiyalangan grafik yadro mavjud emas. Shuning uchun monitorga tasvir chiqarish va grafik vazifalarni bajarish uchun alohida diskret videokarta talab qilinadi.
Protsessor LGA1700 soketidan foydalanadi. Mos anakartga qarab DDR4-3200 yoki DDR5-4800 operativ xotirasini qo‘llab-quvvatlaydi. Maksimal qo‘llab-quvvatlanadigan RAM hajmi 192 GB gacha.
Asosiy xususiyatlari:
Gabarit ma’lumotlari:

