INSPECTOR Star Air — yangi avlod signal signaturali radar-detektori bo‘lib, ko‘plab innovatsion texnologiyalarni o‘zida mujassam etgan.
- - LNA (Low Noise Amplifier) moduli — K-diapazon radar majmualari va lazer tezlik o‘lchagichlari signallarini kuchaytiruvchi noyob modul. Ushbu modul radar signallarini, ayniqsa avtomobilning orqa tomonidan yo‘naltirilgan radarlarni, uzoqroq masofadan aniqlash imkonini beradi. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi hamda yaqin xorij mamlakatlarida (Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Rossiya) qo‘llanilayotgan yangi kam quvvatli radar majmualari signallarini ishonchli qabul qiladi.
- - Yangi avlod rupor antennasi — LNA moduli bilan ishlash uchun maxsus ishlab chiqilgan. Kattalashtirilgan rupor qismi radar signallarini aniqlash sezgirligini oshiradi.
- - Takomillashtirilgan lazer qabul qilgichi — LNA moduli bilan ishlash uchun maxsus ishlab chiqilgan. Lazer tezlik o‘lchagichlari signallarini uzoqroq masofadan aniqlash imkonini beradi, bu esa aniqlash samaradorligini sezilarli darajada oshiradi.
- - Signaturali texnologiya — K-diapazonida yolg‘on ogohlantirishlar sonini kamaytirish uchun radar signallarini aniqlaydi va ularni qurilma xotirasidagi muntazam yangilanib boriladigan signaturalar kutubxonasi bilan taqqoslaydi.
- - 2 dyuymli yuqori aniqlikdagi rangli LCD displey — klassik radar-detektorlardagi bir qatorli OLED displeylarga qaraganda ko‘proq ma’lumotni qulay tarzda aks ettiradi.
- - Yorqin rangli LED yoritgichi — radar signali darajasi yoki tezlik cheklovidan oshib ketganini, ayniqsa tungi vaqtda, vizual nazorat qilishni osonlashtiradi.
- - 360° aylanuvchi faol quvvatli mahkamlagich — quvvat kabeli mahkamlagichga ulanadi va uni yechib qo‘yish talab etilmaydi. 3M ikki tomonlama yopishtiruvchi lenta sovuq yoki issiq ob-havoda radar-detektorning tushib ketishini oldini oladi.
- - O‘rnatilgan Wi-Fi moduli — Android smartfonlari va iPhone bilan ulanish imkonini beradi. Rasmiy INSPECTOR Wi-Fi RD ilovasi orqali avtomobildan chiqmasdan radar va kameralar bazasini yangilash hamda qurilma sozlamalarini o‘zgartirish mumkin.
- - Radar va kameralar bazasini onlayn yangilash — rasmiy INSPECTOR Wi-Fi RD ilovasi orqali amalga oshiriladi.
Ishlab chiqarilgan mamlakat Janubiy Koreya