INSPECTOR Star Air – bu yangi avlod imzoli radar-detektor bo‘lib, ko‘plab innovatsion texnologiyalarni o‘z ichiga oladi.
- LNA (Low Noise Amplifier) moduli – K-diapazonli radar komplekslari va lazer tezlik o‘lchagichlarining signallarini kuchaytiruvchi modullardan iborat. Uning qo‘llanilishi natijasida, ayniqsa "orqadan" o‘rnatilgan radar signallarini qabul qilish masofasi oshiriladi. Shuningdek, Rossiya, O‘zbekiston, Qozog‘iston kabi davlatlarda keng tarqalayotgan past quvvatli radar komplekslarining signallarini ishonchli qabul qilishni ta’minlaydi;
- Yangi avlod rupo‘rli antenna – LNA moduli bilan birgalikda foydalanish uchun maxsus ishlab chiqilgan bo‘lib, yuqori aniqlikka ega bo‘lishi uchun rupo‘r qismi kattalashtirilgan;
- Takomillashtirilgan lazer qabul qilgichi – LNA moduli bilan ishlash uchun maxsus ishlab chiqilgan bo‘lib, lazerli tezlik o‘lchagichlarining signallarini uzoq masofadan aniqlashga imkon beradi;
- Imzoli texnologiya – K-diapazonidagi noto‘g‘ri ogohlantirishlarni kamaytirish uchun mo‘ljallangan. Radar signallarini aniqlab, ularni qurilma xotirasiga yuklangan va muntazam yangilanadigan imzolar kutubxonasi bilan solishtiradi;
- To‘liq rangli 2" diagonalli yuqori aniqlikdagi LCD ekran – klassik radar-detektorlardagi bir qatorli OLED-displeylarga qaraganda ko‘proq ma’lumotni qulay tarzda aks ettiradi;
- Yorqin rangli LED yoritgich – ayniqsa tun paytida radar signali darajasi yoki tezlik cheklovidan oshib ketishni vizual nazorat qilishni yaxshilaydi;
- 360° darajali buriluvchi aktiv tokli ushlagich – quvvat kabeli ushlagichga ulanadi, qurilmani uzmasdan quvvatlantirish mumkin. 3M ikki tomonlama skotch yordamida radar-detektor sovuq yoki issiq ob-havoda tushib ketishini butunlay istisno qiladi;
- Ichki Wi-Fi moduli – Android yoki iPhone asosidagi smartfon bilan ulanish imkonini beradi. Rasmiy ilova orqali avtomobilni tark etmasdan radar va kamera bazasini yangilash mumkin. Shuningdek, ilova orqali qurilma sozlamalarini o‘zgartirish imkoniyati mavjud.
- INSPECTOR Wi-Fi RD rasmiy ilovasi yordamida radar va kameralar bazasini onlayn yangilash.