Insonnoma, Baxtiyor Xaydarov
📌 Muqova: Yumshoq
📌 Sahifalar soni: 296
Sharq donishmandlari inson hayotini uch bosqichga bo‘lib, birinchi bosqichida ilm o‘rganish, hunar egallash, ikkinchi bosqichida safar-sayohatlar qilish, dunyo kezish, uchinchi qismida ko‘rgan-kechirganlarini hikoya qilish, qog‘ozga tushirishni maslahat berishgan. Aslida, odamzodning tug‘ilishi va yashab o‘tishi, umuman, insonning o‘zi betimsol mo‘jiza sanaladi.
Baxtiyor Haydarovning «Insonnoma: hayot, hayrat, hikmat» ilmiy-ommabop to‘plamini ushbu mo‘jizaning ayrim qirralarini anglashga bo‘lgan intilishlarning mahsuli, deb baholash mumkin. Kitobni yozishda muallif juda ko‘p manbalardan va qiziqarli ma’lumotlardan unumli foydalangan.
«Insonnoma»ning muhim jihati muallifning inson mavzusiga falsafiy, ijtimoiy, tibbiy va, o‘rni kelganda, diniy nuqtai nazardan yondashishidir. Ushbu asar tilining shiradorligi, uslubining ravonligi, yoqimli yumorini alohida ta’kidlash lozim.

