Odam odamga" - bu ko‘zgu...
"Odam odamga" — bu shifo...
"Odam odamga" — bu sinov...
Bu dunyodagi abadiy jarayon insonlar o‘rtasidagi munosabatlardir. O‘zingizga bir qarang: goh xafa bo‘lasiz, goh xursand bo‘lasiz, goh kayfiyatingiz buziladi. Har bir narsaning o‘z sababi bor.
Mashhur turk yozuvchisi Do‘g‘on Jujelo‘g‘lining bu kitobi ana shu munosabatlarga bag‘ishlangan. Unda siz muloqot va bilish jarayonlarida o‘zingizning haqiqiy "men"ingizni qanday ochishni, shuningdek, atrofdagilar bilan to‘g‘ri va uyg‘un munosabatlarni o‘rnatishni o‘rganasiz.

